Blog va yangiliklar

36 yillik "MEGA" muzqaymoqlari nega yangi "LEBOM" brendini patentlashga majbur bo‘ldi?

36 yillik "MEGA" muzqaymoqlari nega yangi "LEBOM" brendini patentlashga majbur bo‘ldi?

Ko‘pchiligimiz 36 yildan beri bozorda mavjud bo‘lgan, sevimli va mashhur "MEGA" muzqaymoq brendini juda yaxshi bilamiz. Bugun biz ushbu yirik ishlab chiqaruvchining mutlaqo yangi — "LEBOM" brendini rasman patentlash jarayonini muvaffaqiyatli yakunladik va brend guvohnomasini qo‘lga kiritdik.

​"LEBOM" brendi birdaniga 3 ta muhim yo‘nalish (kategoriya) bo‘yicha 10 yil muddatga to‘liq huquqiy himoya ostiga olindi:

​30-klass: Muzqaymoq va umumiy qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;

​35-klass: Reklama, brend dokonlari, eksport va import faoliyati;

​43-klass: Restoran, kafelar va mehmonxona yo‘nalishlari.

​Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi:

Nega 36 yillik tarixga ega brend o‘zining eski "MEGA" nomini emas, aynan yangi "LEBOM" nomini patentladi?

​Buning sababi — "MEGA" so‘zining huquqiy jihatdan patent talablariga javob bermasligidir. Patent qonunchiligida himoya qilinadigan (individual) so‘zlar va umuman huquqiy himoya berilmaydigan (ommaviy) so‘zlar mavjud. Masalan: joy nomlari, familiyalar, shuningdek, ommaviy va o‘ta keng tarqalgan so‘zlarni (shuningdek, "Mega", "Super", "Grand" kabi sifat va hajm bildiruvchi so‘zlarni) bitta tadbirkor nomiga monopol qilib patentlab berishning deyarli imkoni yo‘q.

​Afsuski, "MEGA" brendi ancha yildan beri xalq orasida mashhur bo‘lib, ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, qonunan uni tovar belgisi sifatida mutlaq huquq bilan patentlash imkonsiz edi. Shu sababli, kompaniya asoschilari biznes kelajagi va yuridik xavfsizligini o‘ylab, yangi eksklyuziv brend yaratishga qaror qildilar va "LEBOM" nomiga asos soldilar.

​Biz esa ushbu brendning barcha klasslar bo‘yicha toza va muammosiz patentlanishini ta’minlab berdik. Biznesingiz necha yillik bo‘lishidan qat’i nazar, uning huquqiy poydevorini to‘g‘ri qurishni unutmang!

Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.

Bepul konsultatsiya olish
← Barcha maqolalar